Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Respublika komissiyasi taqiqlangan tashkilotlarga adashib kirib qolgan 10 fuqaroning murojaatini ko‘rib chiqdi
Bosh prokuror, DXX, IIV va boshqa mas’ul idoralar vakillari ishtirokida terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlarga adashib kirib qolgan O‘zbekiston fuqarolarining murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bosh prokuraturaning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, majlisda 7 nafar fuqaroning murojaati qanoatlantirilgan.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 24 avgust kuni bo‘lib o‘tgan majlisda komissiya va ishchi guruh a’zolari – Oliy sud, ichki ishlar, tashqi ishlar vazirliklari, Yoshlar ishlar agentligi, mahalla uyushmasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Musulmonlar idorasi rahbar xodimlari, DXX va Bosh prokuraturaning tegishli boshqarma boshliqlari hamda boshqa mas’ul xodimlari qatnashgan.
Yig‘ilishda «Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi prezident farmoni ijrosi yuzasidan taqiqlangan tashkilotlar tarkibiga adashib kirib qolgan fuqarolarning jinoiy javobgarlikdan ozod etish haqida taqdim etilgan murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Ma’lum qilinishicha, komissiya yig‘ilishda 10 ta murojaat o‘rganib chiqilib, komissiyaning muhokamasiga taqdim etilgan.
«Komissiya tomonidan har bir murojaat batafsil ko‘rib chiqilib, natijasi bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinishi ta’minlandi», — deyiladi xabarda.
Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, fuqarolar murojaatining 7 tasi qanoatlantirilgan. 3 fuqaroni javobgarlikdan ozod etish rad qilindi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00 / 29.07.2025
-
UzAuto Motors’ning shartnoma shartlariga o‘zgartirish kiritildi
O‘zbekiston | 12:57
-
Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi
Jamiyat | 12:54
-
Toshkent tumanida mebel korxonasi 1,1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi
Jamiyat | 12:53
Mavzuga oid

08:23 / 24.07.2025
Rossiya dumasi «ekstremistik materiallar»ni qidirganlik uchun jarimalarni tasdiqladi

21:35 / 28.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?

17:01 / 02.05.2025
Germaniyada «Germaniya uchun alternativa» partiyasi ekstremistik deb topildi

15:39 / 29.04.2025