2017 yilda Facebook va Google reklama yordamida qancha ishlab topadi?

Iqtisodiyot 15:06 / 22.03.2017 4310

Facebook va Google joriy yilda raqamli reklama jahon bozorida yetakchilik qilishda davom etadi.

YeMarketer kompaniyasi taxminiga ko‘ra, 2017 yilda Google’ning reklamadan daromadi 72,69 mlrd dollarni, Facebook’niki esa 33,76 mlrd dollarni tashkil qiladi. Kompaniyalarning bozordagi umumiy ulushi esa 46,4 foizga yetadi.

«Joriy yilda Facebook hamda Google raqamli reklama sohasidagi yetakchilikni yana o‘z qo‘liga oladi hamda bu sohadagi butun dunyo bo‘yicha daromadning qariyb yarmini qo‘lga kiritishadi, ular shuningdek mobil va video segmentlarida ajoyib natijalarni ko‘rsatadi», - deya ta'kidlaydi eMarketer tahlilchisi Shilen Sham.

Ta'kidlanishicha, 2017 yilda reklama beruvchilarning raqamli reklamaga bo‘lgan sarf-xarajatlari 17,4 foizga ortib, 583,91 mlrd dollarni tashkil etadi (bu ularning umumiy reklama byudjyetining 38,3 foiziga teng).

Snap ham bozordagi o‘z ulushiga ega bo‘ladi, ammo texnologik gigantlar bilan raqobatlasha olmaydi. Kutilishicha, kompaniyaning reklamadan daromadi 163,3 foizga ortib, 900 mln dollarga yetadi.

Tahlilchilar fikricha, yaqin kelajakda Xitoyning uchta yirik kompaniyasi - Baidu, Alibaba va Tencent Facebook hamda Google’ga raqobatchilik qilishi mumkin. Bu uchlik daromadni raqamli va mobil reklama yordamida oshirishi katta ehtimolga yaqin.

Joriy yilda Baidu, Alibaba va Tencent’ning reklamadan umumiy yillik daromadi 35,82 mlrd dollarni tashkil etadi.

Ko‘proq yangiliklar: