Google o‘z xizmatlarida joylashtiriladigan reklamalar bo‘yicha nazoratni kuchaytiradi

Iqtisodiyot 17:17 / 21.03.2017 3181

Google kompaniyasi o‘z tasarrufidagi YouTube videohostingida britan kompaniyalari reklamalari o‘rniga ekstremistik roliklar paydo bo‘lganida keyin o‘z xizmatlarida reklama joylashtirilishi masalasiga jiddiy e'tibor qaratadi. Bu haqda kompaniya press-relizida ma'lumot berilgan.

"Biz reklama beruvchilarning noroziliklarini tushunamiz va ularning istaklarini qadrlaymiz. Shuning uchun bugungi kunda biz bu borada nazoratni kuchaytirib, nafrat, haqorat va kamsitish elementlari mavjud materiallarni o‘tkazmaslik ustida ishlaymiz. Kontentida irqchilik, diniy va jinsiy kamsitishlar ifodalangan reklamalarga ruxsat berilmaydi", deyilgan press-relizda.

Bundan oldinroq Britaniyadagi kiyim ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalardan biri bo‘lmish Marks & Spencer Google kompaniyasi xizmatlariga reklama joylashtirishdan bosh tortgani, unga  Royal Bank of Scotland (RBS Group), HSBC va Lloyds kabi banklar ham qo‘shilgani haqida xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: