O‘zbekiston Mehnat vazirligining tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha Agentligi Rossiyadagi zavodlardan biri bilan shartnoma imzoladi

Iqtisodiyot 19:15 / 18.03.2017 14895

O‘zbekiston Mehnat vazirligi o‘z funksiya va vakolatlariga muvofiq mamlakat ichida ham, tashkiliy tanlov tizimi yo‘lga qo‘yilayotgan xorijiy mamlakatlarga respublika fuqarolarini yuborish orqali ham aholi bandligini ta'minlash bo‘yicha faol ishlamoqda.

2007 yilda tuzilgan qonuniy mehnat migratsiyasi sohasidagi hukumatlararo kelishuv o‘tgan yillar davomida O‘zbekistonning o‘n minglab fuqarolariga Janubiy Koreyada ishlash va sanoatning turli sohalaridagi zamonaviy asbob-uskunalardagi ish ko‘nikmalarini olishga imkon berdi. Qaytganlarning ko‘pchiligi, bugun respublikaning yetakchi korxonlarida o‘z faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda, ularning ba'zilari esa Janubiy Koreyadagi ishlab chiqarish nusxasini yaratishga ham erishdi.

2016 yil davomida O‘zbekiston Mehnat vazirligi tomonidan mamlakatimiz fuqarolarini Yaponiya va Polshaga tashkiliy tanlovi uchun kelishuv imzolandi va u faol ravishda amalga oshirilmoqda. Shuningdek Rossiya Federatsiyasi bilan mehnat migratsiyasi sohasida hukumatlararo kelishuv imzolanishi kutilmoqda. Turkiya, Malayziya, Ummon Sultonligi va boshqa davlatlar bilan tegishli muzokaralar o‘tkazilmoqda.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Mehnat vazirligining tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha agentlik boshqa davlatlardagi aniq hududlar hamda ish beruvchilar bilan aloqalar o‘rnatish bo‘yicha ish olib bormoqda. Xususan, o‘tgan yilning dekabrida «Vologodskiy podshipnikovyy zavod» direktori o‘rinbosari V.V.Popov bilan Toshkentda uchrashuv o‘tkazildi. Uning davomida ishchilarni qo‘shimcha ravishda ishga olish haqidagi kelishuvga erishildi.
 
2017 yilning 28 fevral kuni Agentlik va «Vologodskiy podshipnikovyy zavod» o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jalb etish hamda yollash bo‘yicha Kelishuv imzolandi. Kelishuvda O‘zbekiston Respublikasidan bo‘lgan mehnat muhojirlarning ijtimoiy himoyasi, iqtisodiy va boshqa huquqlari kafolatlari nazarda tutilgan. Kelishuv shuningdek tibbiy tekshiruv, ta'lim, yollash bosqichlari, mehnat shartnomasi talablari va undagi bandlar, ishchi hayoti va sog‘lig‘i himoyasi tartibini ham nazarda tutgan. Eng muhimi, mehnat muhojirining Rossiyaga kirishiga qadar u bilan mehnat shartnomasi imzolanadi hamda u Rossiya Federatsiyasi mehnat qonunchiligi normalariga to‘g‘ri keladi.

Kelishuvga ko‘ra, rossiyalik ish beruvchi O‘zbekiston fuqarolarini ishga olish uchun mutaxassisliklar ro‘yxati, malaka darajasi va bo‘sh ish joylari hajmini avvaldan aniqlaydi, Agentlikni bo‘sh ish o‘rinlari va ishchilarga talablar haqida xabardor etadi.

Tanlovdan so‘ng rossiyalik ish beruvchi Rossiya Federatsiyasining vakolatli davlat idoralarida mehnat muhojirlarining qonuniy asosda mehnat faoliyatini olib borish uchun kerakli bo‘lgan hujjatlarni olishini ta'minlaydi, Rossiya hududida ishga joylashish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa sarf-xarajatlarni qoplashni ta'minlaydi.

O‘z navbatida, Agentlik «VPZ» va mehnat muhojirlari o‘rtasida imzolangan mehnat shartnomalari bajarilishini nazorat qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: