Turkiya Rossiyadan import qilinadigan makka va bug‘doyga 130 foizlik boj kiritdi

Iqtisodiyot 00:00 / 17.03.2017 14748

15 martdan boshlab Turkiya rossiyalik eksportchilarga makka, bug‘doy va kungaboqar kunjarasiga boj kiritdi, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi. 

Rossiya agrar bozori kon'yunkturasi instituti bosh direktori Dmitriy Rilkoning aytishicha, Anqara "bir qator davlatlar va birinchi navbatda Rossiyaga litsenziyalar berishni to‘xtatgan". Uning aytishicha, rossiyalik eksportchilarga 130 foizlik boj solinadi.

Axborot agentligining ta'kidlashicha, Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportchilarining milliy uyushmasi Rossiya qishloq xo‘jaligi vaziri Aleksandr Tkachevga "Turkiyaga Rossiyada ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hech qanday to‘siqlarsiz eksport qilinishini qayta joriy qilish uchun tezkor choralar ko‘rish" talabi bilan murojaat qilgan.

2016 yil iyulidan 2017 yil fevraligacha Turkiya Rossiyadan 2 mln tonna bug‘doy import qilgan. 2015-2016 yillarda bu miqdor 3,1 mln tonnani tashkil qilgandi.  

Ko‘proq yangiliklar: