Xalq banki o‘z inkassatsiya xizmatiga ega bo‘ladi

Iqtisodiyot 22:58 / 17.03.2017 21573

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 13 martdagi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Xalq banki naqd pensiya va nafaqa pullarini to‘lash bo‘yicha yagona vakolatli organ etib belgilandi.

Unga ko‘ra Xalq banki naqd mablag‘larni maxsus kassalarga yetkazish uchun Markaziy bank ko‘magida o‘z inkassatsiya xizmatini ishga tushiradi, kassirlar va nazoratchilar sonini oshiradi, markaziy apparat va filiallarni zaruriy sondagi mutaxassislar bilan butlaydi hamda kerakli jihozlar va kompyuter texnikasini xarid qiladi.

Naqd pullarni maxsus kassalargacha yetkazish uchun 590ta inkassatorlik Damas avtomobillari xarid qilinadi.

Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi va Xalq banki mablag‘ oluvchilarni sms-xabardor qilish texnologiyasini joriy qilish bilan onlayn rejimda aholiga pensiya va nafaqalarni berish va uni nazorat qilishni avtomatlashtirish maqsadida tegishli ma'lumotlar bazalarining integratsiyasini ta'minlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: