NYT: Trampning kuyovi Nyu-Yorkdagi binoni pullamoqchi

AQSh prezidenti Donald Trampning katta maslahatchisi va kuyovi Jared Kushnerning kompaniyasi Nyu-Yorkdagi osmono‘par binoni 7 mlrd dollarga sotmoqchi.
OAVda ma'lum qilinishicha, ayni vaqtda kompaniya Xitoyning Anbang Insurance Group sug‘urta kompaniyasi bilan ushbu masala bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda. Bino shaharning Beshinchi avenyusida joylashgan. Bu haqda The New York Times nashri xabar bermoqda.
Avvalroq Kushnerning otasi ushbu binoni 7 mlrd dollarga baholagan. 60 yil avval qurilgan binoni sotishdan avval uni ta'mirlash va yangilash kerak bo‘ladi. Agar bino sotilsa, Manxettendagi eng qimmatbaho binoga aylanadi.
Mavzuga oid

23:03 / 11.03.2025
Nyu-Yorkdagi o‘rmon yong‘inlari nima sababdan kelib chiqqani ma’lum bo‘ldi

21:23 / 09.03.2025
Nyu-Yorkda yong‘inlar sabab favqulodda holat rejimi e’lon qilindi

17:22 / 13.01.2025
Dubayda ikki osmono‘par bino tomdagi basseyn orqali bir-biriga tutashtirib quriladi

15:05 / 04.01.2025