"O‘zsanoatqurilishbank" ATB moliyaviy ko‘magida Qashqadaryoda kurka yetishtirish loyihasi ishga tushmoqda

Iqtisodiyot 13:42 / 14.03.2017 9559

Qashqadaryo viloyatida O‘zsanoatqurilishbank moliyaviy ko‘magida “Marokand parranda” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan kurka yetishtirish loyihasi tashkil etilishi rejalashtirilgan. 
O‘zsanoatqurilishbank mablag‘lari yo‘naltirilayotgan mazkur loyihaning umumiy qiymati 29 milliard so‘mni tashkil etadi. Korxonada Belgiya, Germaniya va Fransiya uskunalari asosida loyihani amalga oshirish natijasida 30 ming bosh kurkachilik kompleksi yaratiladi. 

Ushbu loyiha amalga oshirilishi natijasida Qashaqadaryo viloyati Qamashi tumanida 10 mingdan ortiq aholi xonadonlariga 50 boshdan kurka yetkazib berish tizimi yaratiladi. 
Shuningdek, korxonada 120 nafar ish o‘rinlari tashkil etilib, aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Reklama huquqi asosida.
 

Ko‘proq yangiliklar: