Prezident tashrifidan oldin Ostonada O‘zbekiston-Qozog‘iston biznes-forumi bo‘lib o‘tadi

Iqtisodiyot 18:27 / 13.03.2017 5972

Mart oyida Ostona shahrida, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ushbu shaharga tashrifi arafasida O‘zbekiston-Qozog‘iston biznes-forumini tashkil qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar bergan.

Biznes forum Ostona shahridagi «Mustaqillik Saroyi»da bo‘lib o‘tadi. Marosimda tomonlar o‘z taqdimot marosimlarini o‘tkazadi hamda O‘zbekiston va Qozog‘iston korxonalari orasida muzokaralar o‘tkaziladi.

Ushbu biznes-forumni o‘tkazishdan maqsad ikki mamlakat korxonalari orasida hamkorlik aloqalari o‘rnatish va mavjud bo‘lgan aloqalarni mustahkamlash hisoblanadi. 

Shuningdek, uchrashuvda ikki mamlakat hududida qo‘shma korxonalar tashkil qilish, sarmoyaviy loyihalar amalga oshirish hamda kerakli biznes-hamkorlar topish masalalari muhokama etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: