Misr sayyohlik oqimi pasayishidan 7 mlrd dollar yo‘qotdi

Iqtisodiyot 23:57 / 13.03.2017 6459

Misr sayyohlikni rivojlantirish boshqarmasi raisi Hisham al-Damariy mamlakatdagi xavfsizlik sohasidagi vaziyat sababli 2016 yilda sayyohlik sohasi 7 mlrd dollarni yo‘qotganini ma'lum qildi. Bu haqda RNS nashri xabar bermoqda

"2016 yilda 7 mlrd dollar, 2015 yilda esa 9 mlrd dollar yo‘qotilgan", deb aytgan al-Damariy.

Uning aytishicha, ayni vaqtda asosiy maqsad sayyohlarda Misr xavfsiz davlat ekanligi haqida taassurot shakllantirishdan iborat.

Avvalroq Misr 2017 yilda sayyohlik oqimini 40 foizga oshirishga umid qilayotgani ma'lum qilingandi.  

Ko‘proq yangiliklar: