AQShdan tashqaridagi ilk Boeing zavodi Xitoyda quriladi

Iqtisodiyot 11:47 / 13.03.2017 4958

Xitoyning Chjoushan shahrida mart oyi oxirida Boeing 737 tor fyuzelyajli reaktiv samolyotlarni yakuniy yig‘ish markazi qurilishi boshlanadi. Bu haqda «Sinxua» agentligi xabar qilgan.

Yig‘ishdan keyingi yakuniy ishlar, shu jumladan, Boeing 737 fyuzelyajlarini bo‘yash va salonlarni bezash ishlari olib boriladigan ushbu korxona Boeing uchun AQShdan tashqarida joylashgan birinchi korxona bo‘ladi.

Chjetszyan provinsiyasi hukumati, Boeing korporatsiyasi va Xitoy tijorat aviatsiyasi korporatsiyasi o‘rtasida tegishli bitim 2016 yil oktabrida imzolangan edi.

Agentlik xabariga ko‘ra, buyurtma qilingan birinchi samolyot 2018 yil oxirida yetkazib beriladi. Korxona yiliga 100ta Boeing 737 yig‘ish quvvatiga ega bo‘ladi. Bu loyiha orqali 2 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Ko‘proq yangiliklar: