Avvaldan ma'lumki, dengiz suvi ko‘plab kimyoviy elementlar manbai hisoblanadi. Xususan, uning tarkibida yadroviy energetika manbai hisoblanuvchi uran ham mavjud. Hozirgi texnologiyalar mikroskopik miqdordagi uranni iqtisodiy jihatdan samarali tarzda ajratib olish imkonini bermaydi. Ammo, tez orada vaziyat o‘zgarishi mumkin. Stenford universiteti olimlarining so‘nggi tadqiqotlari yaqin istiqbolda uranni okean suvlari tarkibidan arzon va foydali usul bilan ajratib olish imkonini berishi kutilmoqda.
Dengiz suvlari hajmi e'tiborga olinsa, uran ijobiy ionlari mikroskopik ko‘rinishda bo‘lishiga qaramay, raqamlarda 4.5 mlrd tonna energetik yoqilg‘isini tashkil etadi. Ushbu miqdorning qanchaligini tasavvur qilish uchun bir misol keltirsak, 4.5 mlrd tonna uran Yer yuzidagi mavjud AESlarning 6 ming yil uzluksiz ishlashini ta'minlaydi. Shunday bo‘lsa-da, Stenford olimi I. Tsuey ham dengiz suvidagi uran miqdorini izohlagan. Unga ko‘ra, okean tarkibidagi uran bir litr suvga solingan bir chimdim tuz kabidir.
Hozirgi texnologiyada dengiz suvida uranni ajratib olish uchun amidoksid bilan qoplangan polietilen tolalardan foydalaniladi. U uran ionlarini o‘ziga tortadi. Bu usul bilan olingan uranning 1 kgi 300 dollarga yaqin turadi. Stenford olimlari, elektr tokini o‘tkazuvchi amidoksid va kremniy tolalaridan foydalanishni taklif etishmoqda. Bu yo‘l bilan uranni ajratib olish ko‘rsatkichi 3 marta oshadi, tolalarni takroran qo‘llasa bo‘ladi.
Uranning ulkan zaxirasi bugungi kundagi eng istiqbolli energetika sohasini yoqilg‘i bilan ta'minlashni kafolatlaydi. Bu ayniqsa, kichik atom elektrstansiyalarni rivojlantirishda yanada dolzarblik kasb etadi.