Obama siyosatga qaytishga qaror qildi
AQShning sobiq prezidenti Barak Obama siyosiy faoliyatga qaytishga tayyorlanmoqda. Politico nashri shu haqida xabar berdi.
Jurnalistlar Obama bilan do‘stona munosabatlarda bo‘lgan AQShning sobiq bosh prokurori Erik Xolderning bayonotiga asoslangani ta'kidlangan.
Xususan, Obama Milliy demokratik qo‘mita uchun mablag‘ yig‘ishda ishtirok etishi, qonunchilik jarayonida maslahatchi bo‘lib ishlashi mumkinligi ma'lum qilingan.
Demokratlar bugungi kundagi eng muhim vazifalardan birini AQSh saylov xaritasi va okruglar chegarasini o‘zgartirishda ko‘rishmoqda.
Bu ishga AQShning sobiq vitse-prezidenti Jo Bayden ham qo‘shilishi mumkin.
Mavzuga oid

14:03 / 27.02.2025
Diniy sohadagi davlat siyosatining asosiy vazifalari belgilandi

18:58 / 06.01.2025
Politico 2025 yil uchun «qora oqqushlar» ro‘yxatini tuzdi

21:12 / 08.06.2023
O‘zbekiston rivojlanishning qay bosqichida: iqtisodiyot, siyosat va tahdidlar

13:12 / 13.03.2023