Malayziya Shimoliy Koreya bilan vizasiz tartibni bekor qilmoqda

Malayziya 6 martdan Shimoliy Koreya fuqarolari uchun vizasiz tartibni bekor qilmoqda.
Reuters’ning Malayziya bosh vaziri o‘rinbosari Ahmad Zohid Hamidiga asosan xabar berishicha, Shimoliy Koreya fuqarolari Malayziya hududiga kirishlari uchun viza olishlari kerak bo‘ladi.
Xabar qilinishicha, ushbu qaror Malayziya hududida Kim Chen Namning o‘ldirilishidan so‘ng qabul qilingan.
Avvalroq Malayziya prokuraturasi Kim Chen Namning qotilligi bo‘yicha ikki shaxsga ayblovlar qo‘ygani haqida xabar bergandik.
13 fevral kuni Kuala-Lumpur aeroportida ikki ayolning hujumidan so‘ng erkak hayotdan ko‘z yumdi. Malayziya hukumati halok bo‘lgan shaxs KXDR yetakchisi Kim Chen Inning akasi Kim Chen Nam ekanini tasdiqladi. Shu bilan birga, genetik tahlil hozircha o‘tkazilmadi.
Kim Chen Namning yuzidan ekspertlar VX asab-falajlovchi zaharli modda izlarini topishdi.
Mavzuga oid

12:08 / 15.03.2025
Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonda elektr skuterlar ishlab chiqarishi mumkin

16:52 / 17.02.2025
Malayziyada ayol oilasi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish uchun ishga har kuni samolyotda qatnayapti

16:35 / 07.02.2025
Malayziya va Indoneziya ziyoratchilari uchun O‘zbekistonda “Umra plyus” turpaketi yo‘lga qo‘yiladi

14:08 / 07.02.2025