Internetda Range Rover’ning yangi krossoveri suratlari namoyish etildi

Diariomotor portali ixtiyoriga Range Rover’ning yangi krossoveri – Velar modelining suratlari tushdi. Bu model kompaniya modellar qatorida Evoque va Range Rover Sport modellari o‘rtasidagi joyni egallaydi. Mashinaning ilk namoyishi Jyeneva avtosalonida bo‘lib o‘tadi.
Velar haqida rasmiy ma'lumotlar uncha ko‘p berilmagan. Taxmin qilinishcha, mashinaga Jaguar F-Pace alyumin platformasi asos bo‘lgan, motorlar qatoriga Ingenium oilasi dvigatellari, jumladan 4 litrli, shuningdek 6 litrli benzin va dizelli motorlar kirgan.
Yangi modelning tashqi ko‘rinishi dizayni bir vaqtning o‘zida Range Rover Sport, Evoque va 5-avloddagi Land Rover Discovery modellarini eslatadi. Mashina salonida klimat-kontrol va boshqa funktsyalarning to‘liq sensorli boshqaruv bloki o‘rnatilgan. Shuningdek sensor tugmalar rulda ham paydo bo‘lgan.
Mavzuga oid

12:50 / 05.02.2025
Britaniyada atigi ikki kun avval sotib olingan Range Rover o‘g‘rilab ketildi. U so‘nggi himoya tizimi bilan jihozlangandi

23:26 / 30.08.2022
"Range Rover" avtomobilida xavfli tarzda harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi

22:36 / 20.11.2019
Xitoyda Range Rover’ning 10 marta arzon turuvchi nusxasi yaratildi

21:49 / 22.03.2019