BMT: O‘zbekiston bug‘doy importini qisqartiradi

Iqtisodiyot 19:32 / 28.02.2017 33544

BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti prognozlariga ko‘ra, O‘zbekiston joriy yilgi mavsumda (iyul-iyun) don importini 2,737 mln tonnagacha qisqartiradi

O‘tgan mavsumda don importi hajmi 2,906 mln tonna bo‘lgandi.

O‘zbekistonning o‘zida bu yil bug‘doy hosili yaxshi bo‘lishi kutilayotgani va mahsulotning katta zaxiralari to‘plangani evaziga import hajmi qisqartirilishi uchun sharoit yuzaga kelgan. Bu mavsumda 7,905 mln tonna don hosili olinishi kutilmoqda (o‘tgan yildagiga nisbatan -3 foiz), shundan 6,748 mln tonnasi (-3 foiz) bug‘doy.

Bug‘doy importi hajmi 2,5 mln tonnagacha tushadi. O‘zbekistonga yuqori sifatli bug‘doy va un yetkazib beruvchi mamlakat Qozog‘iston hisoblanadi (yiliga o‘rtacha 400 ming tonna atrofida un eksport qilinadi).

Qayd etish kerakki, 2016 yilning kuzida O‘zbekistonda yog‘ingarchilik yetarli darajada bo‘ldi va bu don mahsulotlari hosildorligi yuqori bo‘lishini ta'minlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: