Uorren Baffet qiymati birinchi bo‘lib 1 trln dollarga yetadigan kompaniya nomini taxmin qildi

Iqtisodiyot 19:08 / 27.02.2017 12545

Uorren Baffettning kompaniyasi - Berkshire Hathaway Inc. Apple aksiyalari miqdorini ikki barobarga oshirdi, hamda ayni damda unga texnologiyalar ishlab chiqaruvchisining qiymati 17 milliard dollar bo‘lgan 2,5 foiz qimmatli qog‘ozlari tegishli. Bu haqda sarmoyador CNBC’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Uorren Baffett Apple’ning kelajagi haqida fikr bildirar ekan “Apple’ga barchasini tikishini, sababi ularda kuchli pozitsiya bor ekanini” ma'lum qildi. Uorren Baffettning so‘zlariga ko‘ra, Apple’ning o‘ziga xos jihatlaridan biri – iste'molchilarni ushlab turishdir.

Shuningdek, sarmoyadorning fikricha, Apple qiymati 1 trillion dollardan ortiq turuvchi birinchi kompaniyaga aylanadi.

Ko‘proq yangiliklar: