NanoFlowcell Quant 48Volt elektromobili to‘rtta elektromotor bilan jihozlangan bo‘lib, umumiy quvvati 760 ot kuchiga ega. Mashina hech qanday yonilg‘isiz ming kilometrlik masofani bosib o‘tishi mumkin.
Yaratuvchilar katta avtonomlikka innovatsion akkumulyatorlar yordamida erishishdi. Oqadigan batareyalarda, oddiy batareyalardan farqli ravishda elektrolit nasoslar yordamida oltita yoqilg‘i bo‘linmasi orqali qabul qilib olinadi, bu esa kondensator uchun elektr quvvati ishlab chiqishga olib keladi. Oqadigan batareyalar zaharli emas hamda elektromobil YTHga uchrasa xavfsizdir. Elektrolitlar aylanadigan akkumulyatorlar ishlash jarayonida o‘zini-o‘zi quvvatlashi mumkin, yoki oddiy benzin kabi yangi enerogosuyuqlik yordamida harakatlanadi. Model nomlanishi - Quant 48Volt’da ham past voltli kuch qurilmasini ishlatish aks ettirilgan, yaratuvchilar uni eng yengil, eng xavfsiz, elektromotorning ekologik toza va ixcham turi sifatida ko‘rishmoqda.
Yangi elektrokarning maksimal tezligi soatiga 300 kilometr bo‘lib, 100 kilometr soat tezlikka 2,4 soniyaga chiqishi mumkin. NanoFlowcell kontsept-kari ko‘tariladigan “baliqchi qush qanotlari” eshigi va to‘rt kishiga mo‘ljallangan salonga ega.
NanoFlowcell Quant 48Volt Jyenevadagi avtosalonda namoyish etiladi.