"Angren" erkin iqtisodiy hududida 9 ta yangi korxona ishga tushiriladi

Iqtisodiyot 00:36 / 24.02.2017 8737

"Angren" erkin iqtisodiy hududi rahbariyati ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilda hududda umumiy qiymati 300 mln dollarlik 9 ta investitsion loyiha amalga oshiriladi. 

Joriy yilda hududda 9 ta yangi korxonani, jumladan, terini qayta ishlash, choksiz quvur va armatura, elektr parmalovchi va sayqallovchi mashinalar, dekorativ keramik plitka va sanitar fayans, konveyer  tasmalari, qishloq xo‘jaligi mashinalari va avtomobillar shinalari, keramogranit, elektr nasoslar ishlab chiqarish va boshqa talabgir buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni foydalanishga kiritish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.  

Ko‘proq yangiliklar: