Harakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishida belgilangan iqtisodiyotni yanada rivojlantirish hamda liberallashtiriga oid belgilangan chora-tadbirlar mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta'minlash, aholi turmush sharoitini yuksaltirishda muhim o‘rin egallaydi. Ushbu yo‘nalishda quyidagi ustuvor vazifalar belgilangan:
⦁ iqtisodiyotning ochiqligi va raqobatbardoshligini oshirish;
⦁ iqtisodiy mustaqillikni rivojlantirish;
⦁ makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash;
⦁ yetakchi ishlab chiqarish tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish;
⦁ moliya-bank sohasini isloh etish;
⦁ tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish;
⦁ xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish.
Shuningdek tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash, huquq hamda qonuniy manfaatlarini ta'minlash, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar kelgusida nafaqat oilalar farovonligining ta'minlanishi, balki yurtimiz iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.