O‘zbekiston Markaziy banki 21 fevraldan boshlab xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi bir hafta ichida deyarli 50 so‘mga, 3309,35 so‘mdan 3356,87 so‘mga ko‘tarildi.
Bungacha dollar rasmiy kursi har hafta (dollarning rasmiy kursi har haftaning seshanba kunidan yangilanadi) 15 so‘mdan ko‘tarilmoqda edi. Yil boshidan buyon dollarning so‘mga nisbatan kursi 3,88 foizga o‘sdi (3231,48 so‘mdan 3356,87 so‘mgacha).
Shu bilan birga, 1 yevro 28,8 so‘mga qimmatlashib, 3571,52 so‘mga yetgan. Rossiya rubli 2 so‘mga qimmatlashgan (58,24).
Markaziy bank buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish uchun har haftada valyutalar kursini belgilaydi.
1 AQSh dollari 3356,87
1 YeVRO 3571,52
1 Rossiya rubli 58,24
1 Angliya funt sterlingi 4167,56
10 Yaponiya iyenasi 296,88
1 Islandiya kronasi 30,30
10 Janubiy Koreya voni 29,29
1 Kuvayt dinori 11000,73
100 Livan funti 222,79
1 Malayziya ringgiti 753,34
1 Norvegiya kronasi 402,32
1 Xitoy yuani 488,86
1 Singapur dollari 2368,16
1 Shvetsiya kronasi 376,91
1 Shveytsariya franki 3346,50
1 BAA dirhami 913,98
1 Misr funti 212,86
1 Daniya kronasi 479,31
1 Avstraliya dollari 2574,39
1 Turkiya lirasi 925,34
1 SDR 4548,16
1 Kanada dollari 2564,26
1 Ukraina grivnasi 124,21
1 Polsha zlotiysi 823,59
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.