Rubl qadrining tiklanishi Kremlni tashvishga solmoqda

Iqtisodiyot 16:08 / 16.02.2017 29987

Rossiya milliy valyutasi 15 fevral kuni bir yarim yillik maksimumni yangiladi, ammo bu unchalik uzoqqa cho‘zilmadi. Prezident Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning bayonoti rublning o‘sishini pasaytirdi, deb xabar qilmoqda Vedomosti nashri.  

Peskov, Kreml ma'muriyati rublning mustahkamlanishidan tashvishda emasmi, degan savolga javob berar ekan, Putin bu masalani iqtisodiy taraqqiyot vaziri Maksim Oreshkin bilan muhokama qilishi mumkinligini ma'lum qildi. Shundan so‘ng, rubl bir necha soat mobaynida qadrsizlanib, dollar hamda yevroga nisbatan 2 foizga qimmatlashgan va tegishli ravishda 56,6 rubldan 57,7 rublga va 59,7dan 61 rublga ko‘tarilgan. Biroq kechga yaqin u yana holatini birmuncha yaxshilab olgan.

Ko‘proq yangiliklar: