Rossiyada dollar kursi 2015 yil yozidan buyon ilk marta 57 rubldan pastga tushdi

Iqtisodiyot 16:57 / 15.02.2017 9600

AQSh dollari va Yevropa umumiy valyutasi yevro Rossiyaning milliy valyutasi – rublga nisbatan o‘z qadrini yo‘qotishda davom etmoqda.

Bugun, 15 fevralda Moskva birjasida 1 dollar qiymati 57 rubldan pastga tushdi va 56,84 rublni tashkil qildi (-21 kop). Bu esa dollarning 2015 yilning 22 iyulidan buyon shu qadar pastlashi hisoblanadi.

O‘z navbatida yevro kursi 5 kopeyka arzonlashib, 60,35 rublni tashkil qilgan.

Markaziy bank qat'iy pul-kredit siyosati olib borayotgan bir vaqtda rivojlangan mamlakatlar qarz instrumentlaridagi stavkalarning turli-tumanligi investorlarning e'tiborini Rossiyaga qaratmoqda. Bu ayni vaqtda carry trade doirasida Rossiyaga sarmoyalar oqimini kuchaytirmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: