Xitoy Eron neft sohasiga 3,6 milliard dollar sarmoya kiritadi

Iqtisodiyot 17:18 / 15.02.2017 3688

Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) Eronning Masjed Soleyman Petrochemical Industries Co. (MIS) kompaniyasining neftni qayta ishlash zavodiga 3,6 mlrd AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritadi. Bu haqda MNA agentligi xabar qilmoqda.

Xitoyning Wuhan Company va MIS kompaniyasi o‘rtasidagi kelishuv MIS boshqaruvchi direktori Yusuf Dovudiy va Xitoy firmasi vakili tomonidan imzolangan. 

Bundan tashqari, Eron va boshqa mamlakatlar o‘rtasida bir nechta qo‘shma korxonalar tashkil etishga doir bir necha shartnomalar imzolangan. 

Ko‘proq yangiliklar: