Azimov: "Rossiya va O‘zbekiston iqtisodiyoti bir-biri bilan raqobat qilmaydi, ular bir-birini to‘ldirib turadi"

Iqtisodiyot 18:46 / 15.02.2017 22266

15 fevral kuni Rossiya Federatsiyasi bosh vazir  o‘rinbosari Dmitriy Kozak boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 18-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Unda O‘zbekiston Respublikasi bosh vazir o‘rinbosari Rustam Azimov Rossiya Federatsiyasi O‘zbekistonning asosiy va eng yirik savdo hamkori ekanligini qayd etdi. 

"Bizning iqtisodiyotlarimiz bir-biri bilan raqobat qilmaydi, ular bir-birini to‘ldirib turadi", - deya ta'kidladi Rustam Azimov.

"Bugun O‘zbekiston bozorida "General Motors", "Isuzu", "Lukoyl", "Gazprom", "Coca-cola", "Nestle", "Samsung", "LG", "Ariston" kabi minglab yetakchi dunyo kompaniyalari faoliyat yuritmoqda. 

O‘zbekistonning korxonalari Rossiyaga yengil va yuk mashinalar, kimyoviy va neft-kimyoviy mahsulotlar, to‘qimachilik, maishiy texnika, kabel-o‘tkazgich, qurilish materiallarini yetkazib berishi mumkin. O‘z navbatida, biz Rossiyadan o‘rmon materiallari, turli mexanik-elektrik uskunalar, kimyoviy mahsulotlar, qog‘oz mahsulotlari, farmatsevtik preparatlar, maxsus transport vositalari va boshqalarni sotib olishga tayyormiz", - dedi bosh vazir o‘rinbosari. 

Ko‘proq yangiliklar: