Uorren Baffetning birgina savoli Bill Geytsni Microsoft faoliyatini qayta ko‘rib chiqishga undadi

Iqtisodiyot 14:26 / 14.02.2017 16732

Nyu-Meksiko shtati Albukerkdagi kichik texnik kompaniya Uorren Baffetning 1990-yillar boshida Bill Geytsga bergan savoli bo‘lmaganida hech qachon Microsoft'dek dunyo gigantiga aylanmas edi.  Vusiness Insider shu haqida maqola taqdim etdi

Yanvar oyida ikki xayriyaparvar milliarder o‘z do‘stligining 25 yilligini nishonlash chog‘ida moderator Charli Rouz ulardan bir-birlaridagi eng hayratlanarli jihat haqida so‘radi. Geyts bunga savol bilan javob berdi. 

"U menga bergan ilk savollardan biri quyidagicha bo‘lgan: Microsoft - kichik kompaniya, IBM esa - ulkan kompaniya, shunday ekan, nima uchun sen uni yanada yaxshi qila olmaysan? Nima uchun dasturiy ta'minotni yanada takomillashtirmaysan?", - dedi Geyts Kolumbiya universitetida. 

Bu 1990-yillarning boshi, ya'ni Microsoft sayyoramizdagi eng yirik kompaniya sifatida tan olinishidan bir necha yil avval bo‘lgan. 

O‘sha yillarda Geyts va uning asoschilaridan biri Pol Allen o‘z vaqtining aksariyat qismini dasturiy ta'minotni yanada yaxshilash haqida o‘ylab o‘tkazgan. Hech kim bozordagi raqobatdan ustunlik qilish haqida o‘ylamagan. 

1990-yillarning katta qismida Microsoft uy kompyuterlarida oddiy interfeyslar, Windows operatsion tizimini qo‘llash hisobiga raqiblaridan ustunlik qilgan. 

U va Baffet (Geytsdan 25 yoshga katta ishbilarmon) yuqori texnologiyalar sanoatini moliyalashtirish yo‘llari haqida suhbatlasha boshlashdi. 

"Men bank ishini tushunmayman - nima uchun ba'zilar oldinga qarab intiladi, ba'zilar esa yo‘q", - dedi Geyts. "Men boy tajribaga ega, haqiqatda bilishni istagan narsalarimni tushunishga yordam bergan, kutilmagan vaziyatlarda birgalikda kulishim mumkin bo‘lgan insonni topdim".

Hatto bugun ham Geyts uning Baffet bilan munosabatlari qiziqish ustiga qurilganini aytadi.

"U bosiqligi va hazilkashligi bilan boshqalardan ajralib turadi", - dedi Geyts. "U o‘zi qilayotgan ishidan huzurlanadi va uni boshqalar bilan baham ko‘radi".

Ko‘proq yangiliklar: