Pokistonning Lahoridagi teraktda qurbon bo‘lgan va jarohatlanganlar soni ortib bormoqda

Foto: AFP 2017/ Arif Ali
Pokistonning Lahor shahrida dushanba kuni kechqurun yuz bergan portlash oqibatida kamida 82 nafar inson jarohatlandi, deb xabar qilmoqda “Frans Press” agentligi rasmiy shaxslarga asosan.
Avvalroq 69 inson jarohatlangani haqida xabarlar tarqalgandi. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 13-16 nafar inson atrofida bo‘lishi mumkin.
Portlash Lahordagi Cherring Kross maydonida – Panjob shtatining qonunchilik yig‘ilishi binosidan uncha uzoq bo‘lmagan yerda sodir bo‘ldi. Bu vaqt maydonda dori vositalarining aylanishini nazorat qilish bo‘yicha qonunchilikdagi o‘zgarishlarga qarshi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tayotgandi. Maydonda farmatsevtika kompaniyalari, tibbiyot muassasalari va dorixona tarmoqlarining yuzlab ishchilari yig‘ilgan, politsiya esa tartibni saqlab turgandi.
Halok bo‘lganlar orasida shahar politsiyasining yuqori mansabli vakillari ham bor.
“Reyter” agentligining xabar qilishicha, “Tolibon” radikal harakatining bo‘linmasi – “Jamoat-ur-Ahror” portlash uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga olgan.
Lahordagi terakt tufayli mamlakat poytaxti Islomobod shahrida xavfsizlik choralari kuchaytirildi.
Hodisa ro‘y bergan joy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘rab olingan.
Mavzuga oid

10:23
Pokistonda jangarilar yo‘lovchi poyezdini o‘qqa tutdi va odamlarni garovga oldi

23:45 / 07.03.2025
AQShda qo‘lga olingan shaxs «Krokus»dagi teraktga aloqador ekanini tan oldi

18:53 / 05.03.2025
Tramp afg‘onistonlik «Bosh terrorchi» hibsga olinganini e’lon qildi

12:29 / 03.03.2025