Fakt: Kaliforniya - dunyo iqtisodida oltinchi o‘rinda

Iqtisodiyot 18:51 / 14.02.2017 13861

Kaliforniya iqtisodi bo‘yicha dunyoda oltinchi o‘rinni egallaydi va Amerika Qo‘shma Shtatlari iqtisodiyotidagi asosiy kuch hisoblanadi. Shu bilan birga, shtat AQSh federal byudjyetining eng katta hissasini ko‘taradi.

Kaliforniya shtati — Yalpi ichki mahsulot hajmiga ko‘ra faqat AQSh, Xitoy, Yaponiya, Germaniya va Buyuk Britaniyadangina ortda qoladi. AQSh iqtisodiy tahlillar byurosi ma'lumotiga ko‘ra, shtatning YaIMi 2,46 trln dol­la­rni tashkil qiladi.

YaIM hajmi bo‘yicha yuqori o‘nlik:
1. AQSh: 18,04 trln dollar (Kaliforniya bilan birga qo‘shib hisoblanganda)
2. Xitoy: 11,18 trln dollar
3. Yaponiya: 4,12 trln dollar
4. Germaniya: 3,37 trln dollar
5. Buyuk Britaniya: 2,86 trln dollar
6. Kaliforniya: 2,46 trln dollar
7. Fransiya: 2,42 trln dollar
8. Hindiston: 2,07 trln dollar
9. Italiya: 1,82 trln dollar
10. Braziliya: 1,78 trln dollar.

Ko‘proq yangiliklar: