Chexiyada ishchi kuchi yetishmayotganligi mamlakat iqtisodiyotiga zarar keltirmoqda

Iqtisodiyot 09:08 / 14.02.2017 10113

Chexiyada ayni damda ishsizlik darajasi Yevropa Ittifoqidagi eng past darajada – 3,5 foiz. Bu iqtisodiyotdagi muammolarga olib boradi, sababi firma va korxonalarga ishchilar yetishmayapti, deb xabar berdi Praganing Novinky portali soha mutaxassislariga asosan.

"Firmalar ko‘p hollarda malakali va malakasi bo‘lmagan ishchilar yetishmovchiligi haqida shikoyat qilmoqda. Bu sanoat o‘sishiga katta to‘siq bo‘lishi mumkin", - deya ma'lum qilgan ChSTB banki iqtisodchisi Petr Dufek.

Eurostat statistik agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Chexiyada ishsizlik darajasi 2017 yilning yanvar oyi boshlarida 3,5 foizni tashkil etdi. YeIda ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Germaniya - 3,9 foiz, uchinchi pog‘onani esa Vengriya va Malta egallagan – 4,5 foiz.

Respublika iqtisodiy palatasi tadqiqotiga ko‘ra, hozirda ishchi kuchi bozorida kamida 150 ming kishi yetishmayapti, shu sababdan yuzlab firma va korxonalar yangi buyurtmalardan voz kechishga majbur bo‘lmoqda. Shu bilan bir qatorda, mehnat birjasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan ishsizlarning 400 ming nafaridan ko‘pchiligi o‘z malakasini yo‘qotgan bo‘lsa, boshqalar bunga hech qachon ega bo‘lmagan.

"Natijada (400 ming ishsizdan) mamlakatning sanoat korxonalari yo‘q bo‘lgan qismlarida yashovchi 50 ming inson qoladi. Bu kishilar ish uchun ko‘chib ketishni istashmayapti. Hukumatning kuni kecha Ukraina fuqarolari uchun ish kvotalarini bir necha mingga oshirgani esa – bu ishlab chiqarishga hech qanday yordam bermaydi", - deya ma'lum qildi Chexiya eksportchilari assotsiatsiyasi rahbari o‘rinbosari Otto Danek.

Ko‘proq yangiliklar: