Aviadvigatellar ishlab chiqaruvchi Rolls-Royce kompaniyasi rekord miqdorda ziyon ko‘rdi

Iqtisodiyot 23:58 / 14.02.2017 7497

Buyuk Britaniyaning aviadvigatellar ishlab chiqaruvchi Rolls-Royce kompaniyasi 2016 yilda 4,6 mlrd funt sterling (5,7 mlrd dollar) miqdorida rekord darajada ziyon ko‘rdi. Bu haqda kompaniya xabarida ma'lum qilindi.  

Kompaniyaning soliq to‘lagungacha daromadi 49 foizga, ya'ni 4,64 mlrd funt sterlinggacha tushib ketgan. Shu bilan birga tushum 9 foizga oshgan va 14,96 mlrd funt sterlingni tashkil qilgan. Kompaniya moliyaviy yo‘qotishlariga britan funti kursining Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi ortida qadrsizlanishi va kompaniya o‘tgan yili aralashib qolgan korruptsion mojaro uchun to‘lagan jarimasi sabab bo‘lgan.

Avvalroq Britaniya hukumati Rolls-Royce’ni korrupsiyada ayblagandi – kompaniya 12 ta mamlakatdagi davlat energetika kompaniyalaridagi mansabdor shaxslarga pora berib kelgan. Kompaniya bu qilmishi uchun kechirim so‘ragan va ushbu ish bo‘yicha 5 yil avval tergov boshlagan Buyuk Britaniya, AQSh va Braziliyaga 830 mln dollar jarima to‘lab berishga rozi bo‘lgan. 

Rolls-Royce jahonda bozordagi ulushi bo‘yicha aviadvigatellar ishlab chiqaruvchi ikkinchi raqamli kompaniya hisoblanadi. Bu kompaniya Rolls-Royce avtomobillarini ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan bog‘lanmagan. Bu ikki kompaniya 1971 yilda ajralgan. Hozirda Rolls-Royce avtomobillari BMW kompaniyasining shunday nomdagi bo‘limi tomondan ishlab chiqariladi. 

Ko‘proq yangiliklar: