OPeK neft qazib olishni yanada qisqartirishni so‘ramoqchi

Iqtisodiyot 17:02 / 13.02.2017 5072

OPeK tashkilotga kirmaydigan davlatlardan neft qazib olish hajmini amaldagi kelishuvlar asosida faolroq qisqartirib borishni so‘raydi. Bu haqda Kuvayt neft vaziri Essam al-Marzuq ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, OPeK mamlakatlari ayni damda qazib olish hajmini 92 foizga kamaytirish bo‘yicha kelishuvga amal qilayotgan bo‘lsa, tashkilotga kirmaydigan davlatlarda bu ko‘rsatkich – 50 foizdan ko‘proqni tashkil etadi.

"Neft narxlari hozirda yaxshi darajada hamda kelishuvga amal qilish hajmi oshsa, yanada qimmatlashadi. Bitim OPeK va tashkilotga kirmaydigan davlatlar tomonidan dekabrda imzolangandi", - deya Kuvayt neft vazirining so‘zlarini keltiradi Blumberg agentligi. Al-Marzuqning ta'kidlashicha, Kuvayt qazib olish hajmini kamaytirish bo‘yicha kelishuvning unda ishtirok etayotgan davlatlar tomonidan 100 foizga bajarilishini istamoqda.

OPeK 30-noyabr kuni qazib olish hajmini bir kunga 1,2 million barrelga – 32,5 million barrelgacha kamaytirish haqida kelishuvga erishdi. Tashkilotga kirmaydigan mamlakatlar 10-dekabr kuni o‘zlarining qazib olish hajmlarini umumiy hisobda sutkasiga 558 ming barrelga qisqartirish haqidagi bitimga erishdilar. 

Xalqaro energetik agentlik juma kuni OPeK yanvarda o‘zining neft qazib olish hajmini kuniga 1 million barrelga – umuman esa sutkasiga 32,06 million barrelga qadar qisqartirganini ma'lum qildi. Agentlikning ta'kidlashicha, kelishuv kuchga kirganining bir oyi davomida uning 90 foizi bajarilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: