Yevropada avtomobil egasi bo‘lish oyiga qanchaga tushadi

Iqtisodiyot 15:52 / 10.02.2017 12609

Yevropada shaxsiy avtomobilga ega bo‘lish oyiga qanchaga tushishiga doir tadqiqot o‘tkazildi. LeasePlan kompaniyasi o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, avtomobilga ega bo‘lish borasida eng qimmat mamlakat sifatida Norvegiya topilgan. Bu yerda benzinli dvigatelda harakatlanuvchi avtomobil o‘z egasiga oyiga 708 yevroga aylanadi, dizelli mashina uchun 681 yevro to‘lash kerak bo‘ladi.

Yevropa mamlakatlari orasida avtomobil egasi bo‘lish arzonga tushadigan mamlakat sifatida Vengriya e'tirof etilgan. Bu yerda benzinli mashina uchun oyiga o‘rtacha 364 yevro to‘lansa, dizellisi birmuncha qimmatroq baholanadi va 369 yevro to‘lashga to‘g‘ri keladi. Mutaxassislar Rossiyaning bu boradagi ko‘rsatkichini hisoblab chiqar ekan, benzinli avtomobillar bo‘yicha ma'lumotlarni yiqqan, xolos. Chunki, ushbu mamlakatda O‘zbekistonda bo‘lgani kabi dizelli avtomobillar unchalik ham ommalashmagan.

Shu bilan birga, qayd etilishicha, ekspertlar o‘z reytingiga faqat ixcham va o‘rta o‘lchamli avtomobillarni kiritgan. Xususan, Renault Clio, Ford Fiesta, Volkswagen Golf va Ford Focus kabilar shular jumlasidan. Bundan tashqari, unda birinchi uch yildagi xarajatlar e'tiborga olingan. Bunda avtomobil yiliga o‘rtacha 20 ming km. masofa bosishi shart qilingan.

Renault Clio, Ford Fiesta, Volkswagen Golf va Ford Focus

LeasePlan xulosasiga ko‘ra, avtomobil egalari eng ko‘p sarf-xarajatlarini transport vositalarining amortizatsiyasi yo‘nalishiga sarflaydi. Ya'ni, sarflanadigan pullarning 37 foizi ta'mirlash va xizmat ko‘rsatishga ishlatiladi. Ikkinchi o‘rinda soliqlar turadi. Unga 20 foiz mablag‘ ajratiladi. Birinchi uchlikni 16 foizlik ko‘rsatkich bilan yonilg‘i sarfi yakunlaydi.

Bunda eng qimmat ta'mirlash Shvetsiyada bo‘lib, ular har oy shu maqsadda 85 yevro sarflaydi. Turkiyada eng kam (28 yevro) to‘lashadi. Yevropada avtomobil sug‘urtasi oyiga o‘rtacha 117 yevroni tashkil etadi.

Ko‘proq yangiliklar: