Time Warner’ning to‘rtinchi chorakdagi sof daromadi 65,8 foizga kamaydi

Iqtisodiyot 20:27 / 08.02.2017 2620

HBO va CNN telekanallari, shuningdek, Warner Bros. kinostudiyasiga egalik qiluvchi Time Warner mediakonglomeratining 2016 yil to‘rtinchi choragidagi sof daromadi 65,8 foizga kamaydi, lekin yil hisobotiga ko‘ra sof daromad 2,4 foizga o‘sib, 3,93 milliard dollarni tashkil qilgan. Bu haqda kompaniya ma'lumotlariga asoslanib, RNS xabar tarqatgan.

Ma'lum bo‘lishicha, kompaniyaning operatsion foydasi o‘tgan yilda 9,9 foizga o‘sib, 7,55 milliard dollarga yetgan.

«2016 yil juda omadli bo‘ldi, Time Warner yana yaxshi moliyaviy natijalarni qayd etdi», — degan kompaniya rahbari Jyeff Byuks.

2016 yilning uchinchi choragida kompaniyaning sof daromadi 42 foizga o‘sgandi.

Ko‘proq yangiliklar: