«Sumskoye NPO» «Xorazm shakar»ga nasos yetkazib beradi

Iqtisodiyot 10:16 / 06.02.2017 5376

Ukrainaning «Sumskoye NPO» ochiq aksiyadorlik jamiyati 2017 yil yanvar oyi oxirlarida VVN-50/0,2N vakuum nasosini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Bu haqda ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Ukraina korxonasi test jarayoni yakunlangach, nasosni O‘zbekistonning «Xorazm shakar» kompaniyasiga yetkazib beradi. 

«Sumskoye NPO» OAJning sotish bo‘yicha yetakchi menejyeri Oleg Semesenkoning qayd etishicha, nasos toblangan po‘latdan yasalgan bo‘lib, keskin sharoitlarda ishlashga mo‘ljallangan. 

«Sumskoye NPO» OAJ «Xorazm shakar» bilan tuzgan shartnomasi doirasida VK-50N rusumidagi kompressorni ham yetkazib beradi.

Ko‘proq yangiliklar: