«Muborakneftgaz» MChJga Ukraina aksiyadorlik jamiyati uskunalar yetkazib beradi

Iqtisodiyot 10:08 / 06.02.2017 6388

Ukrainaning «Sumskoye NPO» OAJ va O‘zbekistonning «Muborakneftgaz» mas'uliyati cheklangan jamiyati o‘rtasida shartnoma imzolandi. Unga ko‘ra, Ukraina ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi «Ko‘kdumaloq» yordamchi kompressor stansiyasining 3 navbatida qo‘llaniladigan kompressorlarga 9 ta ishchi g‘ildirak va 4 dona rotorni yetkazib beradi. 

«Sumskoye NPO» OAJning tashqi iqtisodiy faoliyat boshqarmasi yetakchi menejyeri Andrey Melnikning qayd etishicha, bular buyurtmachi inshootlarini rejali yangilash bilan bog‘liqdir. 

Melnikning so‘zlariga ko‘ra, shartnomaga binoan, Ko‘kdumaloq 1,2,3-yordamchi kompressor stansiyada qo‘llaniladigan uch turdagi kompressorlar uchun rotor va ishchi g‘ildiraklar yetkazib beriladi. Ularni 2006-2008 yillarda Ukraina kompaniyasi qurib bergan edi. 

«Sumskoye NPO» OAJ 2017 yil mart oyida uskunalarni O‘zbekistonga yetkazib berishni rejalashtirgan. 

Ko‘proq yangiliklar: