YeTTB O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun investitsiya kiritadi

Iqtisodiyot 23:10 / 06.02.2017 11877

2017 yilning 6 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) Markaziy Osiyo va Rossiya bo‘yicha boshqaruvchi direktori Natalya Xanjyenkova boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar beradi JahonNews.

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va YeTTB o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi. Ikki tomon munosabatlarida vujudga kelgan muayyan to‘xtalish hamkorlikning holati va istiqbollariga zamonaviy shartlar asosida yangicha nigoh tashlashga imkon berishi ta'kidlandi.

"O‘zbekistonga tashrifimiz biz uchun juda muhim ahamiyatga ega, - dedi N.Xanjyenkova. - Biz bundan keyingi hamkorlik istiqbollari yuzasidan juda foydali muzokaralar o‘tkazdik. Bugungi kunda O‘zbekiston bilan o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olmoqdamiz. 

YeTTB respublika hukumati bilan maslahatlashuv asosida O‘zbekiston iqtisodiyotining muayyan sohalarini belgilab, o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda moliyaviy investitsiyalarni kiritishi mumkin bo‘ladi. Xususan, hozirgi bosqichda ustuvor yo‘nalishlar - kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, mamlakatdagi ishchi muhitni yaxshilash va boshqa masalalar".

Shuningdek, kun tartibida YeTTB prezidenti Suma Chakrabartining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi ham ko‘rib chiqildi.

Ko‘proq yangiliklar: