«O‘zsanoatqurilishbank»da O‘zFA akademiklari va olimlari ishtirokida bank xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Iqtisodiyot 12:44 / 03.02.2017 8321

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari faoliyatini yanada takomillashtirish va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4907-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash doirasida, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB va O‘zbekiston Respublikasi  Fanlar akademiyasi akademiklari hamda Respublika yetakchi olimlarining birgalikdagi hamkorliklari yo‘lga qo‘yildi.

Buning yaqqol dalili sifatida shu yil 20 yanvar va 27 yanvar kunlari O‘zsanoatqurilishbank Bosh ofisida yetakchi olimlar Akademik G‘ulomov Saidaxror Saidaxmedovich va Akademik  Mo‘minov Tolib Musayevich ishtirokida seminar-uchrashuv tashkil etildi. 

Seminarda O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan e'lon qilingan O‘zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasi dasturining 5 asosiy yo‘nalishlarining mazmun-mohiyati taqdimot va ma'ruzalar yordamida keng yoritildi.

Shuningdek, seminarda Akademik-olimlar o‘zlari olib borgan ilmiy tadqiqotlar to‘g‘risida to‘xtalishdi va bank xodimlarining bilim-ko‘nikmalarini mustahkamlash yo‘lida ulardan foydalanish lozimligini ta'kidladilar.

Seminar-uchrashuv yakunida bankning moliyaviy barqarorligini ta'minlashda hamda xodimlarni intellektual qobiliyatlarini yanada rivojlantirishda Akademik-olimlar bilan doimiy hamkorlik qilishga va ularning ilmiy tadqiqotlaridan bank amaliyotida foydalanishga, shuningdek o‘z navbatida ilmiy tadqiqotlarini davom ettirishlari uchun bank tomonidan ularga qulay sharoitlar yaratish, qolaversa 2017 yil - “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da yetakchi olimlar bilan seminar-uchrashuvlarni grafik asosida bankning viloyatlardagi barcha filiallarida o‘tkazilishi belgilab olindi.
 

Ko‘proq yangiliklar: