Kreml: Rossiya Belarusga neft yetkazib berishdan 22 mlrd dollar yo‘qotdi

Iqtisodiyot 19:06 / 03.02.2017 10907

Rossiya Belarusga yordam bergan va ko‘mak berishda davom etadi. Xususan, Rossiya 2011-2015 yillarda neft mahsulotlarini bojsiz yetkazib berishdan 22,3 mlrd dollar zarar ko‘rdi, deya xabar qilmoqda Kreml ma'muriyati matbuot xizmati. 

«2011-2015 yillar davomida har yili bojsiz 18–23 mln tonna neft Belarusga yetkazib berildi. Bu davr mobaynida Rossiya byudjyeti 22,3 mlrd dollarni olmadi. Bularning bari ittifoqchi Belarus davlatini bevosita va bilvosita qo‘llab-quvvatlashni anglatadi», — deb qayd etgan matbuot xizmati. 

Avvalroq, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bergan bayonotga ko‘ra, uning mamlakati Rossiya bilan neft yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlar ijrosida uzilishlar bo‘lgani uchun sudga murojaat qilgan. Rasmiy Kreml esa, ziddiyatli masalalar, jumladan tijoriy tortishuvlarni amaliy muzokaralar vositasida hal qilishga chaqirgan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: