Microsoft to‘playotgan ma'lumotlarni qanday yo‘qotish mumkin?

Fan-texnika 15:32 / 25.01.2017 8430

Bilasizmi, Windows 10 dasturi haqiqatdan ham foydalanuvchi haqida juda ko‘plab ma'lumotlarni to‘playdi. Biroq, maxsus xizmat ham borki, unda ma'lumotlarni ko‘rish va ularni o‘chirib yuborish mumkin. Lifehacker.ru sayti aynan shu haqda hikoya qiladi.

Aslida, Microsoft kompaniyasi foydalanuvchilar haqida ko‘proq ma'lumotlar to‘plash istagidan xoli emas. Biroq, so‘nggi vaqtlargacha bu narsa oshkor etilmagani ko‘pchilik iste'molchilarda jiddiy xavotirlarga sabab bo‘lar edi. 

«Maxfiylik» nomli yangi vosita Windows 10 dasturining josusligi haqida mish-mishlarni yo‘qqa chiqarishga xizmat qiladi. Uning yordamida Microsoft kompaniyasi qanday ma'lumotlarni, qaysi maqsadlarda to‘plashini bilib olish mumkin. Ammo, eng asosiysi, mavjud axborotlar bilan tanishish barobarida ularni o‘chirish imkoniyati borligidir. 

«Biz Microsoft kompaniyasi rahbariyati, sizning maxfiyligingizni himoya qilish maqsadida boshqaruvning barcha vositalari va ular borasida oqilona qaror qabul qilish uchun zaruriy ma'lumotlarni berish zarur, deb hisoblaymiz. Siz bu veb-saytda maxfiylik sozlamalarini boshqarishingiz hamda korporatsiya bulutli xizmatida saqlanadigan axborotlarni ko‘rib chiqib, ularni yo‘qotishingiz mumkin», - deyiladi kompaniya xabarida. 

Shunday qilib, barcha ma'lumotlar bir necha sahifaga taqsimlangan. Asosiy e'tibor «Qidiruv» va «Manzil» bandlariga qaratilgan. Unda barcha qidiruvlar va manzilingizga oid ma'lumotlar bo‘ladi. 

Ko‘proq yangiliklar: