Afg‘oniston janubidagi politsiya bo‘limiga hujum oqibatida 43 kishi halok bo‘ldi
"Tolibon" harakati jangarilari Afg‘onistonning Qandaxor viloyatidagi Mayvand uyezdida joylashgan politsiya bo‘limlaridan biriga hujum qildi.
Jang oqibatida 43 kishi, jumladan politsiyaning 16 xodimi halok bo‘lgan.
Politsiya boshqarmasi vakili Ziya Duraniyning aytishicha, toliblar Sur Bagal tumanidagi politsiya bo‘limiga 4 ta kolonna bo‘lib hujum qilishgan. Hujum qilganlar orasida xorijiy jangarilar ham bo‘lgan.
Vaqtida yetib kelgan ko‘mak evaziga hujum qaytarilgan.
Mavzuga oid

18:53 / 05.03.2025
Tramp afg‘onistonlik «Bosh terrorchi» hibsga olinganini e’lon qildi

17:10 / 04.03.2025
“Tolibon”ning Qo‘shtepa kanali. Buning O‘zbekistonga ta’siri qanday bo‘ladi?

10:36 / 03.03.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘zaro savdo hajmini 3 mlrd dollarga yetkazmoqchi

17:11 / 24.02.2025