Galaxy Note 7 smartfonining portlash sababi oshkor etildi

Foto: AP
Samsung kompaniyasi mutaxassislari Galaxy Note 7 smartfonlarining o‘z-o‘zidan portlash sabablarini oshkor qilishdi. The Wall Street Journal kompaniyadagi manbasiga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
Avval taxmin qilinganidek, portlash sabablari akkumulyatorlarda bo‘lgan. Manbaning xabar berishicha, ba'zi modellarda batareya haddan tashqari katta bo‘lgan va bu uning qizib ketishiga olib kelgan. Nosozlik faqatgina Samsung'ga qarashli korxonada ishlab chiqarilgan akkumulyatorlarda emas, balki Hongkongda ishlab chiqariluvchi Amperex Technology batareyalarida ham aniqlangan.
Tergovda Samsung bilan birga mustaqil ekspert sifatida ishtirok etgan bir necha begona kompaniyalar ham qatnashgan. Rasmiy hisobot 23 yanvar, dushanba kuni chop etiladi.
Galaxy Note 7 modeli 2016 yilning avgustida sotuvga chiqqan va ko‘p sonli portlash holatlari aniqlanganidan keyin sotuvdan olingan.
Mavzuga oid

21:15 / 03.03.2025
Samsung o‘rta budjetli A56, A36 va A26 smartfonlarini taqdim qildi

10:11 / 15.02.2025
G‘ijduvonda yana bir uy portlagani ma’lum bo‘ldi. Qurbon bor

20:04 / 14.02.2025
Samsung uchga buklanadigan smartfonni yozda chiqaradi

10:18 / 13.02.2025