Turkiya vakili: Islomdan nafratlanish musulmonlar ongiga salbiy ta'sir qilmasligi kerak

Islomdan nafratlanish – islomofobiyaning namoyon bo‘lishi musulmonlar ongiga salbiy ta'sir qilmasligi kerak, deb hisoblamoqda Turkiyaning din ishlari bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Mexmet Gyormez.
Gyormez Anqarada G‘arbning islom dunyosi bilan munosabatlari mavzusidagi anjumanda islomofobiyaning namoyon bo‘lishi oddiy musulmonlar dunyoqarashiga salbiy ta'sir qilishidan xavotir bildirdi.
"Islomofobiya musulmonlar qalbida nafrat uyg‘otishi kerak emas. Islom adovatga emas, ezgulikka o‘rgatadi. Bunday illat musulmonlar uchun xosmasdir. Dunyoqarashning torayishi Bag‘dod yoki Damashqning barbod bo‘lishidan xavfliroqdir", deb aytdi Gyormez.
Gyormezning aytishicha, musulmonlar g‘arb davlatlarining xatolarini takrorlamasligi kerak.
Mavzuga oid

13:50 / 31.01.2025
Kuchayib borayotgan ultra o‘nglar: G‘arb sivilizatsiyasi qay tomon ketmoqda?

11:43 / 08.07.2024
Fransiyadagi so‘llar islomofobiyaga qarshi kurashib, Falastinni tan olishni va’da qilmoqda

18:29 / 21.07.2023
BMT Bosh kotibi musulmon jamiyati bilan birdam ekanini aytdi

17:50 / 27.10.2020