2019 yildan Yaponiya imperatori o‘zgarishini ko‘zda tutuvchi hujjat tayyorlanmoqda

Foto: Reuters
Yaponiya hukumati imperator Akixito 2019 yilning 1 yanvaridan o‘zining to‘ng‘ich o‘g‘li Naruxito foydasiga taxtdan voz kechishini ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini tayyorlamoqda. Bu haqida 11 yanvar, chorashanba kuni "Sankey simbun" gazetasi xabar berdi.
Qonun loyihasi 2017 yilning may oyi boshida qabul qilinishi kutilmoqda. Undan avval bu masala ekspertlar komissiyasi va parlamentning ikki palatasida muhokamaga qo‘yiladi. Yaponiyaning joriy konstitutsiyasida imperatorning hayotlik chog‘ida taxtdan voz kechish imkoni ko‘rib chiqilmagan.
Bundan avval Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe mamlakat imperatori Akixitoning taxtdan voz kechish masalasi turli ekspertlarni jalb qilgan holda yaxshilab ko‘rib chiqilishi lozimligini aytgandi.
2016 yilning avgust oyi boshlarida yapon OAV imperator Akixitoning nutqini taqdim etishdi. Unda imperator borgan sari o‘z majburiyatlarini bajarish qiyinchilik tug‘dirayotgani haqida aytgan.
Imperator Akixito - imperator Xiroxito va Kodzyunlarning to‘ng‘ich o‘g‘li va beshinchi farzandi - 1933 yilning 23 dekabrida tavallud topgan. Akixito rasman eramizdan avvalgi 660-yildan buyon hukmronlik qilib kelayotgan sulolaning 125-imperatori hisoblanadi. Birinchi yapon monarxi Dzimmu bo‘lgan.
Bugungi kunda Akixito dunyodagi yagona imperator hisoblanadi.
Mavzuga oid

11:30 / 12.03.2025
Yaponiyada davlat xizmatchilari ishga besh daqiqa oldin kelishga majburlangani uchun 67 ming dollar kompensatsiya oldi

05:00 / 11.03.2025
Yaponiya strategik zaxiralardagi guruchni sotish bo‘yicha birinchi auksionni o‘tkazdi

22:17 / 10.03.2025
KXDR Yaponiyadan 1945 yilda o‘ldirilgan koreyslarning qarindoshlaridan kechirim so‘rashni talab qildi

22:07 / 10.03.2025