Nintendo krossovkalarga mo‘ljallangan o‘yin kontrollerlarini taqdim etdi

Fan-texnika 12:57 / 09.01.2017 5973

Maxsus oyoq kiyimi ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Freaker Sneaks firmasi Nintendo kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi krossovkalar kolleksiyasi taqdim etilishini ma'lum qildi. Ularning dizaynida o‘yin  kontrollerlari elementlaridan foydalanilgan. Bu haqda Luxurylaunches xabar bermoqda.

Super Nintendo modeli kul rangda bo‘lib, Nike Air Jordan basketbol krossovkalarini eslatib yuboradi. Oyoq kiyimining orqa qismi turli rangdagi Nintendo nazorat qiluvchi tugmalari bilan jihozlangan.

Oyoq kiyimi narxi hozircha oshkor etilmadi, biroq u atigi 10 juftda taqdim etilishi ma'lum qilindi.

Ma'lumot uchun, Nintendo – videoo‘yinlar va o‘yin konsollari yaratishga ixtisoslashgan yapon kompaniyasi bo‘lib, qarorgohi Kiotoda joylashgan. Firmaga 1889 yilda asos solingan.

Ko‘proq yangiliklar: