Dollar 14 yillik qadrini tikladi

Iqtisodiyot 19:25 / 04.01.2017 32893

AQSh milliy valyutasi – dollar kursi 14 yillik eng yuqori natijani qayd etdi. Mamlakat sanoat sektorining noyabr oyidagi faolligiga doir ma'lumotlar kutilganidan ham yaxshiroq ekani ma'lum bo‘lgach, 3 yanvardagi savdolarda shunday ko‘rsatkich qayd etildi. Jahonning asosiy olti valyutalari (yevro, iyena, funt sterling, Kanada dollari, Shveytsariya franki, shved kronasi)ga nisbatan nisbatini ko‘rsatuvchi indeks 103,82 punktga ko‘tarilgan. Bundan avval, 2002 yil dekabrida shunday natija qayd etilgan edi. Bunga, shuningdek, AQShdagi qurilish sohasidagi xarajatlar so‘nggi 10,5 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetgani haqidagi xabarlar ham turtki bo‘lgan. 

Shu bilan birga, Yetkazishlarni boshqarish institutining xabar qilishicha, sanoat mahsulotlari narxlari ham kutilganidan ziyoda bo‘lgan. Ma'lumotlar e'lon qilingach, yevro kursi 1,0342 dollargacha pasaygan. Bu 2003 yil yanvaridan beri ilk marta kuzatilayapti. Britaniya funtining dollarga nisbatan kursi 1,22 dollarni tashkil etgan. Ta'kidlash joizki, dollar poygasi AQSh prezidentlik saylovidan buyon davom etmoqda. 

FZT – Federal zaxira tizimining qayta moliyalash stavkasini ko‘tarishi dollar o‘rnini mustahkamladi, xolos. Shu bilan bir vaqtda, neft kotirovkalari qulashi qayd etildi. Brent navli neftning bir barreli 2,99 dollarga arzonlashib, 55,39 dollarni tashkil etgan. 

Ko‘proq yangiliklar: