Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyo davlatlarining global qarzi yil oxiriga borib 100 trln dollardan oshadi
Xalqaro valuta jamg‘armasi tomonidan Fiscal Monitor hisoboti e’lon qilindi. Unga ko‘ra, dunyo davlatlari qarz xatarlariga hozirdan qarshi turishi, yaxshilab o‘ylangan fiskal siyosatni olib borishi kerak.

Foto: Reuters
Dunyo davlatlarining global qarzi 2024 yilda 100 trillion dollardan oshishi kutilmoqda — bu jahon yalpi ichki mahsulotining 93 foizi demak, deyiladi Xalqaro valuta jamg‘armasi tomonidan e’lon qilingan Fiscal Monitor hisobotida.
Mutaxassislar kelajakda qarz miqdori prognoz qilinganidan ham oshib ketishi va uni barqarorlashtirish yoki kamaytirish hozirgi hisob-kitoblardan ancha katta moliyaviy tuzatishlarni talab qilishi mumkinligidan xavotirda.
Hisobotda qayd etilishicha, dunyo davlatlari qarz xatarlariga hozirdan qarshi turishi, yaxshilab o‘ylangan fiskal siyosatni olib borishi kerak.
Ko‘plab davlatlarning moliyaviy istiqbollari uchta sababga ko‘ra kutilganidan yomonroq bo‘lishi mumkin: xarajatlarni oshirishga undaydigan jiddiy siyosiy va ijtimoiy bosim, qarz darajasi bo‘yicha asossiz optimistik prognozlar va katta miqdordagi yashirin qarzlar.
Ta’kidlanishicha, davlatlar qarish va sog‘liqni saqlash, yashil iqtisodiyotga o‘tish hamda iqlim o‘zgarishiga moslashish, shuningdek, geosiyosiy keskinlik kuchayib borayotgan bir sharoitda mudofaa va energiya xavfsizligiga ko‘proq mablag‘ sarflamoqda. Shu bilan birga, besh yillik davrda qarzning YaIMga nisbati prognoz qilinganidan o‘rtacha 10 foizga yuqori bo‘lishi mumkin.
Eng yomon ssenariyda ham davlatlarning global qarzi uch yildan keyin YaIMning 115 foiziga yetadi — bu hozirda prognoz qilinayotganidan 20 foizga yuqori demak.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
O‘zbekiston | 23:51 / 10.07.2025
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi, o‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshdi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:48 / 10.07.2025
-
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi
Jahon | 23:42 / 10.07.2025
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17 / 10.07.2025
Mavzuga oid

16:25 / 07.07.2025
YeOTB O‘zbekiston YaIM 6,5 foizgacha o‘sishini prognoz qilmoqda

15:47 / 07.07.2025
Yarim yillik yakunlari: O‘zbekiston iqtisodiyoti 6,7-6,8 foiz o‘sishi kutilmoqda

13:54 / 01.07.2025
XVJ Ukraina uchun yarim milliard dollarlik transhni ma’qulladi

23:08 / 26.06.2025