O‘zbekistonda jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkalari oshirildi

Iqtisodiyot 19:14 / 03.01.2017 78061

O‘zbekiston hukumati 2017 yilning 1 yanvaridan jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining yangi stavkalarini o‘rnatdi.

Yangi stavkalar O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilga mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjyeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘rnatildi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkasi mol-mulkning inventarizatsiya qiymatidan 1,5 foizidan 1,7 foizga oshdi. Bunda shaharlarda joylashgan hamda umumiy maydoni 200 kvadrat metr bo‘lgan hovli imoratlari, garajlar va boshqa bino hamda imoratlar hisobga olinmaydi. 

Shaharlarda joylashgan hamda umumiy maydoni 200-500 kvadrat metr bo‘lgan aholi turar-joyi va kvartiralar uchun stavka 1,8 foizdan 2,1 foizga qadar oshdi. 500 kvadrat metrdan ko‘proq bo‘lganda esa stavka – 2,5 foizdan 2,9 foizga oshirildi.

Qolgan aholi punktlarida umumiy maydoni 200 kvadrat metrdan katta bo‘lganda soliq stavkasi 2,1 foizni tashkil etadi (avval – 1,8 foiz).

Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash bo‘yicha organlar tomonidan aniqlangan inventarizatsiya qiymati bo‘lmaganda, soliq olish uchun Toshkent shahri va viloyat markazlaridagi mol-mulkning – 20,328 million so‘m miqdoridagi shartli qiymatidan foydalaniladi. Boshqa shaharlar va qishloq joylarda esa – 8,833 million so‘m.

Ko‘proq yangiliklar: