8 yanvar kuni SpaceX kompaniyasining halokatdan keyingi birinchi Falcon 9 raketa-tashuvchisiga start beriladi. Bu haqida SpaceX xabarida ma'lum qilingan.
"SpaceX 8 yanvarda Iridium NEXT sun'iy yo‘ldoshini ishga tushirib, Vandenberg kosmodromida parvozlarni qayta tiklashni rejalashtirmoqda", - deyiladi kompaniya xabarida.
Shuningdek SpaceX'da sentabr oyida ro‘y bergan halokatni o‘rganish ishlari yakuniga yetgani haqida ma'lum qilishdi. Unga yuqori bosim ostidagi ballonlardan biridagi nosozlik sabab bo‘lgan deb topildi.