Eng ko‘p maosh oluvchi muhojirlar qayerda yashashi ma'lum bo‘ldi

Iqtisodiyot 16:49 / 03.01.2017 15172

Dunyoning yuzdan ortiq mamlakatlarida 26 871 nafar ekspat (xorijda faoliyat yurituvchi ishchi) orasida so‘rovnoma o‘tkazildi. HSBC shu haqida xabar berdi. 

Shveytsariyada ekspat bo‘lish - juda foydali ish. 

Shveytsariyadagi UBS Group bankining vatanida Novartis AG farmatsevtika kompaniyasi va Glencore Plc savdo kompaniyasining ekspatlari yiliga o‘rtacha 188 275 dollar ishlashadi. HSBC Holdings Plc ma'lumotlariga ko‘ra, bu dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkich: u o‘rta statistik ko‘rsatkichdan deyarli ikki barobar  oshiq. Bundan tashqari, Shveytsariya mana ikkinchi yildirki, ekspatlar uchun bank karerasini rivojlantirish bo‘yicha mamlakatlar reytingida yetakchilik qilib kelmoqda. 

HSBC Expat rahbari Din Blekbern shunday deydi:

"Ekspatlar Shveytsariyani ham moliyaviy, ham maishiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha yuqori baholashmoqda. Yuqori maosh va rivojlangan ishchi madaniyatining uyg‘unlashuvi Shveytsariyani muvaffaqiyatli karera uchun top mamlakatlar reytingi cho‘qqisiga olib chiqdi".

BMT shtab-kvartirasi joylashgan Shveytsariya - karerada o‘sish uchun eng yaxshi tanlov. Biroq gap faqat katta maoshlarda emas. HSBC so‘rovnomada ishtirok etganlarning 69 foizi ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanat barqarorlashganini ta'kidlashgan, 61 foizi esa bu yerdagi ish madaniyati vatanidagidan yuqori ekanligini aytgan. 

HSBC so‘rovnomasiga ko‘ra, Germaniya va Shvetsiya umumiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ikkinchi hamda uchinchi o‘rinlarni egallashgan. Reytingning 10 yuqori pozitsiyasidan 6 tasi Yevropa mamlakatlari tomonidan band etildi. 

Foto: ru.insider.pro

Bl­ek­ber­nning so‘zlariga ko‘ra, Shveyetsiya va Germaniyada ekspatlarni pulli mukofotlardan tashqari, yana boshqa bonuslar ham kutmoqda. 

"Germaniya ishonchli bandlik kafolatini taklif qiladi. Shvetsiya esa ajoyib mehnat madaniyatidan tashqari, ekspatlar tomonidan (79%) ish va shaxsiy hayot o‘rtasida mukammal muvozanatni saqlash mumkinligi bilan ham qadrlanadi".

HSBC ma'lumotlariga ko‘ra, Yaqin Sharqda ham eng yaxshi mehnat sharoitlari yaratilgan, masalan, Baxrayn va Birlashgan Arab Amirliklarida tibbiy imtiyozlar berilib, uy-joy va chiptalar to‘lovi amalga oshiriladi. 

Foto: ru.insider.pro

Hong­kong va Sin­ga­pur karera rivoji darajasi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda - 68 va 62 foiz. Biroq Osiyo mamlakatlaridagi hayot darajasi u qadar ijobiy emas: Singapurdagi ekspatlarning 30 foizi va Hongkongdagi ekspatlarning 50 foizi ish hamda shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanatning yomonlashganini qayd etishgan. 

Ko‘proq yangiliklar: