Belarusda yangi neft koni aniqlandi

Iqtisodiyot 15:40 / 03.01.2017 5971

Belarusning "Belorusneft" davlat kompaniyasi mamlakat hududida 2016 yilning dekabrida yangi neft konini aniqladi. Uning zaxirasi taxminan 1,69 million tonna atrofida deb baholanmoqda. Bu haqda kompaniya saytida chop etilgan xabarda aytildi.

Ugolskoye nomli kon Pripyat bukilishining Rechits-Vishan mintaqaviy yorig‘i atrofida ochildi. 

Burg‘ilash ishlari davomida kon bir sutkasiga 39,5 tonna neft berishi mumkinligi aniqlandi. Neft koni chiqarib olinishi qiyin bo‘lgan zaxiralar turkumiga kiradi.

"U katta chuqurlikda joylashgan", - deya ta'kidlangan kompaniya xabarida. 

Neft zaxiralarining aniq miqdori ikkinchi qidiruv qudug‘ini burg‘ilashdan so‘ng aniqlanadi. 

Avvalroq, "Belorusneft" Rossiyadagi yangi neft konlarini xarid qilish bo‘yicha rejalari borligi haqida ma'lum qilgandi. 

Ma'lumot uchun, "Belorusneft" mamlakatdagi 60 konda, shuningdek Venesueladagi 13 va Rossiyadagi 5ta konda neft qazib oladi. 

Ko‘proq yangiliklar: